30.12.2022

Shahrisabz tuman adliya bo'limi: 2022-yil sarhisobi

Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 512 ta murojaatlarning 508 tasi hal etilib, shundan 391 tasi yoki 71,2 foizi qanoatlantirilgan, 115 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, qoldiqda1 ta murojaatlar qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlardan barchasini qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1 587 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 102 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va

norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 16 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 15 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yil davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 2 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 7 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yil davomida jami 11 ta o‘rganish va 78 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 60 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 3160 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 965 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 273 ta taqdimnoma, 417 ta ogohnoma va 32 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan va 140 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar natijasida 903 та qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.

Natijada 61 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (4 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 1 mlrd. 116 mln. 807 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 30 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 140 ta
3 mlrd. 218 mln. 310 ming. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida jami 1884 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 116 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 621 tasi og‘zaki, 59 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 495 tasi manzilli targ‘ibot va 88 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Shahrisabz tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш