30.12.2022

Kitob tuman adliya boʻlimi - 2022-yil sarhisobi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  koʻrib  chiqilishi  boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2022-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 591 ta murojaatlarning barchasi hal etilgan boʻlib, shundan 436 ta yoki 74 foizi qanoatlantirilgan, 155 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 99 ta joyiga chiqib oʻrganilgan).

Oʻtkazilgan   sayyor    qabullar

Boʻlim tomonidan 2022-yil davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 59 ta MFYlarda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 620 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 68 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 54 tasi qanoatlantirilgan va 14 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  oʻtkazish  boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
19 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
19 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 6 ta taqdimnoma kiritildi.

     Oʻtkazilgan  oʻrganishlar  va  qoʻllanilgan  taʼsir  choralari  boʻyicha

Boʻlim tomonidan hisobot davrida jami 11 ta oʻrganish va 81 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 290 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 5071 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 278 ta taqdimnoma, 470 ta ogohnoma, 34 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy takliflar kiritildi.

                                               Natijada

- 47 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 1 245 mln.dan ortiq soʻm pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 660 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 253 ta daʼvo ariza va arizalar kiritilib toʻliq qanoatlantirilgan, 1 631 mln. soʻm manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targʻibot  tadbirlari  boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2022-yil davomida jami 2189 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 1620 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 517 tasi ogʻzaki, 52 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 517 tasi manzilli targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Kitob tuman adliya
boʻlimi  


Рўйҳатга қайтиш