30.12.2022

Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi tomonidan 2022-yilning IV choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning
IV choragi davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davri yakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami
555 tani tashkil etib, shundan 365 ta yuridik shaxs maqomiga ega, 190 ta esa nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy tashkilotlar soni 187 ta, shundan 185 tasi islomiy, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.

Bo‘limga ushbu davr mobaynida 1 355 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 149 tasi nazoratga olingan, 1206 ta ma’lumot sifatida qabul qilingan. 29 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. Nazoratga olingan xat va hujjatlarning 149 ta o‘z vaqtida ijro etilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 26 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan, 40 ta nodavlat notijorat tashkilotlari esa qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, 1 ta doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Hisobot davri davomida bo‘limga 68 ta murojaat (33 ta ariza,
35 ta shikoyat) kelib tushgan bo‘lib, shulardan 15 tasi qanoatlantirilgan, 51 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat mazmunan ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan.

Bo‘lim tomonidan jami 282 ta taqdimnoma, 342 ta ogohnoma, 82 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan. Natijada 77 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka, 301 ta shaxs O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan. Natijada fuqarolarga 58 901 400 so‘m undirib berilgan.

Hisobot davri davomida bo‘lim tomonidan 182 ta monitoring, 56 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar natijalariga ko‘ra, jami 812 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, mazkur qonunbuzilish holatlarining oldini olish va kelgusida takroran sodir etmaslik maqsadida 56 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Bo‘lim tomonidan 3 marotaba tuman (shahar) lar miqyosida nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillarini sayyor qabuli tashkil etilgan. Sayyor qabullarda ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, tashkilotlarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilgan.

Bo‘lim tomonidan ushbu davr mobaynida jami 124 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 11 marotaba televideniyeda, 16 marotaba radioda,
25 marotaba gazetada, 26 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilingan. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda 16 marotaba ma’ruza, 15 marotaba davra suhbati hamda 14 marotaba seminarlar tashkil etilgan, 1 ta ko‘rgazmali qo‘llanma tayorlanib, 120 dan ortiq tashkilotlarga elektron ko‘rinishda yetkazib berilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari
bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш