30.12.2022

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlari

Viloyat adliya boshqarmasining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari jrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan bo‘limga joriy yilning o‘tgan davri davomida 250 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 118 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib hal etildi, 135 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra boshqa tashkilotlarga yuborildi, мурожаат муаллифининг илтимосномасига кўра 1 та мурожаат кўриб чиқилиши тугатилди, ko‘rib chiqilib hal etilgan murojaatlarning 58 tasi qanoatlantirildi.

Kelib tushgan 25 ta murojaatlarni o‘rganishda mutaxassislar jalb etilgan.

Bo‘lim tomonidan shu davr mobaynida 6 ta sohada o‘rganish hamda 9 ta qonun hujjatining ijrosi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.  

O‘rganish va monitoring natijalari bo‘yicha jami 4114 ta qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlanib, ushbu holatlarni tashkilotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Moliya idoralarida 1 ta, Sog‘liqni saqlashda 1ta, “Ўзтрансгаз” АК тизими идораларида 5 ta, 7 ta ta’lim muassasalarida, 17 та “O‘zbekenergo” AJ tizimi idoralariga, 59 ta qurilish va arxitektura idoralarida, 87 ta hokimlik tizimida, 320 ta boshqa nazorat qiluvchi idoralarда, 347 ta bandlikka ko‘maklashish markazlarida, 640 ta ijtimoiy ta’minot idoralarida, 699 ta sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlarida, 1538 ta kadastr idoralarida hamda
393 ta boshqa idoralar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘rganish va monitoringlar natijasida tegishli tashkilotlarga 83 ta taqdimnomalar, 12 ta ma’muriy takliflar, 63 ta ogohnomalar kiritilgan bo‘lsa, sudlarga 16 ta 1 mlrd. 593 mln 914,3 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 65 nafar shaxslar intizomiy, 11 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 148 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilingan va 50 tasining ijrosi to‘xtatilgan.

Sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining 19 tasi qanoatlantirilib sudning hal qiluv qarorlariga ko‘ra 3 mlrd. 067 mln. so‘m undirish belgilangan.

Bo‘lim tomonidan tashkilotlar faoliyatida o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarlarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojalantirish yuzasidan xorijiy tajribalardan foydalangan holda 90 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Adliya vazirligiga yuborilgan.

Sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 8 marta so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularda qariyib 1028 nafar respondentlar ishtirok etdi.

Bo‘lim tomonidan jami 181 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 79 marta OAV orqali (10 ta televideniya,
11 ta radio, 25 ta gazeta va 33 ta veb-sayt orqali), 101 marotaba og‘zaki hamda
1 marotaba ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni

qo‘llash amaliyotini o‘rganish

bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш