30.12.2022

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan 2022-yil mobaynida vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan intellektual mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalar topshirish sohasida 76 ta intellektual mulk ob’ektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazishga ko‘maklashilib, mazkur sohada batafsil huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Bo‘lim tomonidan 2022-yil mobaynida 46 ta profilaktik-kuzatuv tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur profilaktika tadbirlari va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish jarayonida 166 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, ularning oldini olish maqsadida 28 ta ogohnoma, 122 ta taqdimnomalar, shuningdek, 10 ta shaxsga nisbatan 16 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayoyonnomalar rasmiylashtirilib ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sudlarga yuborilgan va barcha rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzirlik to‘g‘risidagi bayonnomalar yuzasidan sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan jarima jazolari belgilangan.

Bo‘lim tomonidan intellektual mulk sohasidagi qonunchilik normalari va vazifalari ijrosi yuzasidan 35 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 18 tasi OAV orqali, qolgan 17 tasi esa davra suhbatlari, seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa tarzda amalga oshirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda sohaga oid 23 ta ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilgan va 170 dan ziyod intellektual mulk sohasida ma’lumotlar joylashtirilgan.

Bundan tashqari, 8 ta turdagi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari, jumladan 2 kontrafakt mahsulotlarga qarshi videoroliklar tayyorlanib ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan, 2 turdagi kontrafakt mahsulotlardan ogoh etuvchi plaktlar va 3 turdagi kontrafakt mahsulotlar katologlari tadbirkorlik subyektlariga tarqatish ishlari amalga oshirilib, mazkur katologning yangilanib boruvchi QR-kodli elektron variantlari viloyatimizdagi yirik bozorlar va savdo majmualari, savdo ob’ektlarida joylashtirilib, ulardan foydalanish tartiblar yuzasidan joylarda va OAV larida chiqishlar qilindi.  

Tizim orqali hisobot davrida 16 ta shikoyat va ariza shaklidagi murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 11 tasi qanoatlantirilgan va 5 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan. Murojaatlar yuzasidan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida
5 ta taqdimnomalar hamda 5 nafar shaxslarga 6 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sudlarga chiqarilgan va barchasi bo‘yicha sud tomonidan jarima jazolari belgilangan.

Intellektual mulk huquqlarini

himoya qilish bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш