06.10.2022

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tarkibiy boʻlinmalari tomonidan 2021-yil 9-oyi hamda 2022-yil 9-oyi yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qiyosiy-tahliliy MAʼLUMOT

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 9 oyi davomida jami 702.426 ta xizmatlar koʻrsatilgan. 2021 yil 9 oyi davomida 496.610 ta xizmatlar koʻrsatilgan boʻlib, xizmatlar soni 205.816 taga koʻpaygan.

Shundan 2022 yil 9 oyida Davlat xizmatlari markazlari orqali 625.201 ta va yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali 77.225 ta xizmatlar koʻrsatilgan boʻlsa, 2021 yil 9 oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari orqali 469.190 ta va yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali 27.420 ta xizmatlar koʻrsatilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022-yil 9 oyi davomida jami 8229 ta kichik biznes subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, shundan MCHJ 3402 ta, oilaviy korxonalar 1612 ta va xususiy korxonalar 1782 ta va boshqalar (FX, DUK, ICHK, NTM) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, 2021-yil
9 oyi davomida tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 9781 ta kichik biznes subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, shundan MCHJ 4272 ta, oilaviy korxonalar 2345 ta va xususiy korxonalar 1816 ta va boshqalar (FX, DUK, ICHK, NTM) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022-yil 9 oyi davomida jami 24330 yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, shundan 16238 ta yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi, 7962 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqalar (hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, 2021-yil 9 oyi davomida tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali
9781 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, shundan, 726 ta yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi, 8032 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqalar (hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022-yil 9 oyi davomida jami 3625 ta kichik biznes subyektlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, 2021-yil 9 oyi davomida 2736 ta kichik biznes subyektlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali 2022-yil 9 oyi davomida jami yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari 682 ta qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, 2021-yil 9 oyi davomida 793 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.


Рўйҳатга қайтиш