Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2022-yil 9-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2022-yil 9-oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

 

1.     Tug‘ilishni qayd etish yuzasidan.

 

Joriy yilning 9 oyi davomida tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 72 410 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan 37762 tasi o‘g‘il bolalar,
34648 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.

Shuningdek, tug‘ilishining muddatini o‘tkazib qayd etish holatlari 970 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilishini qayd etish 5 ta, o‘lik tug‘ilgan 612 ta, perinatal o‘lim holatlari 316 ta, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar 1428 tani tashkil etadi.

 

2.     Nikohni qayd etish yuzasidan.

 

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 20304 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 3 tasi chet elliklar bilan, 14 tasi MDH davlatlari fuqarolari bilan, 72 tasi fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan nikoh qayd etilgan bo‘lib, 1 ta holatda qayd etilgan nikoh haqiqiy emas deb topilgan.

 

3.     Nikohdan ajralganlikni qayd etish yuzasidan.

 

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan jami 2735 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan bo‘lib, shundan voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlarni ularning o‘zaro roziligiga ko‘ra FHDYo organida 580 ta, er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan 2046 ta, er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan 98 ta, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxs bilan 2 ta, sud tomonidan ruhiyati buzilishi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan 2 ta, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan 12 ta hamda 1 268 ta qo‘shimcha asosda nikohdan ajralishni qayd etish amalga oshirilgan.

 

4.     O‘limni qayd etish yuzasidan.

 

Joriy yilning 6 oyi davomida 13318 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, bir yoshgacha o‘lganlar 1887 ta, muddatini o‘tkazib o‘limi qayd etilganlar 3174 ta, sud qarori bilan 17 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Shuningdek, 3504 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo‘lib, shundan sud qarori asosida 29 ta, farzandlikka olish 183 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.

 

Bundan tashqari, tiklangan dalolatnoma yozuvlari 26 ta, fuqarolarning FIO o‘zgartirishlar soni 322 tani tashkil etadi.

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ariza asosida 967 ta, sud qarori asosida 10 tadan iborat.

 

5.     Undirilgan to‘lovlar yuzasidan.

 

Tuman (shahar) FHDY bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 3018864548 so‘m davlat boji, 1513084500 so‘m gerb yig‘imi
va 2216410935,66 so‘m pullik xizmat undirilgan.


Davlat xizmatlari markazlari

va FHDY organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish boʻlimi


 


Рўйҳатга қайтиш