06.10.2022

Huquqiy xizmatlar boʻlimi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar...

Huquqiy xizmatlar boʻlimi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʻminlash, sifatli davlat xizmati koʻrsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Boʻlim tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida jami vazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 766 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi oʻz vaqtida taʻminlandi.
Boʻlimga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 310 ta murojaati oʻrganilib, ularning ijrosi taʻminlandi. Shundan 66 ta murojaat qanoatlantirilgan, 199 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi, 9 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 31 ta murojaatlar taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 6 ta murojaat hisobot davrining oxirida qoldiq boʻlib oʻtgan boʻlsa, qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Boʻlim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 25 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 5 ta xizmat tekshiruvi oʻz tasdigʻini topgan.
Shuningdek, boʻlim tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida notarial idoralarda 45 ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari boʻyicha 1 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi 15 kun muddatga toʻxtatildi.
Huquqiy targʻibot sohasida 2022-yilning 9 oyi davomida boʻlim tomonidan 83 ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 18 tadan radio va televideniya, 34 ta gazeta, 31 tasi Veb sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 81 ta ogʻzaki huquqiy targʻibotlar amalga oshirilib, ushbu targʻibot tadbirlarida
3167 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida boʻlayotgan islohotlar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.
Boʻlim tomonidan 2022-yilning 9 oyi mobaynida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 1-oktyabr kuniga qadar jami 397 ta advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan boʻlib, shundan joriy yilning 1-oktyabr kuni holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 256 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni
20 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 118 tani tashkil qiladi.
Shu jumladan, 2022-yilning 9 oyi davomida berilgan litsenziyalar
soni 33 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 10 tani tashkil qiladi.
Joriy yilning 1-oktyabr holatida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni
132 tani, shundan advokatlik byurolari 110 tani, advokatlik firmalari 18 tani hamda advokatlar hayʻatlari 4 tani tashkil qiladi.
Viloyat adliya boshqarmasining ish rejasiga asosan jami 13 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlar soni 26 tani tashkil qilgan.
Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 13 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-oktyabr kuniga qadar viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlarning 31 nafarini Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻqitish maqsadida Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga koʻmaklashildi.
Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida jami 9 ta yigʻilish oʻtkazilib, unda jami 140 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.
Malaka komissiyasi yigʻilishida muhokama qilingan 140 ta masaladan 8 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 123 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish hamda 9 tasi advokat qasamyodini qabul qilish boʻyicha muhokama qilingan.
Malaka komissiyasining 2022-yilning 9 oyi davomida oʻtkazilgan yigʻilish muhokamalar natijasida jami 34 ta advokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilib, shundan 28 tasi ogohlantirish,  2 tasi litsenziyani toʻxtatib turish, 4 tasi litsenziyani tugatish bilan bogʻliq intizomiy jazo choralariga toʻgʻri keladi.
Shu bilan birga, joriy yilning 1-oktyabr holatida talabgorlarga berilgan 33 ta litsenziyalar uchun jami 4.665.000 soʻm davlat boji, 33 ta arizani koʻrib chiqish uchun jami 2.332.500 soʻm miqdorida toʻlov undirilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish sohasida:
Boshqarma hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2022-yilning 9 oyi davomida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 172 ta (boshqarma tomonidan 9 ta, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 163 ta) qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilgan boʻlib, shundan 172 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, rozilik imzolari qoʻyilgan.
Yuridik xizmatlar sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ijrosini boʻyicha jami 96 nafar yuridik xizmat xodimlari belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 2022-yilning 9 oyi davomida
26 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtkazilib, ulardan 24 nafari attestatsiyadan oʻtgan deb topilgan boʻlsa, 2 nafari attestatsiyadan oʻtmagan deb topilgan.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami 2920, 28.08.2017-yil) ijrosi boʻyicha boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga martaba darajasi berish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2022-yilning 9 oyi davomida 18 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berish boʻyicha Adliya vazirligi markaziy attestatsiya komissiyasiga tavsiyalar kiritilgan, shundan 17 nafar yuridik xizmat xodimlariga martaba darajasi berilgan.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (roʻyxat raqami
2864, 28.02.2017-yil) ijrosi boʻyicha hududdagi barcha organlar va tashkilotlarga belgilangan tartibda yuridik xizmat xodimlarini lavozimga kelishish tartibiga qatʻiy rioya etilishi yuzasidan xatlar kiritilgan.
Hozirgi kunda adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalari boʻyicha kelishish komissiyasi tomonidan 28 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimga tayinlash boʻyicha suhbat oʻtkazilib, natijasiga koʻra 22 nafar yuridik xizmat xodimi boʻyicha rozilik berilgan boʻlsa, 6 nafar nomzodlar suhbatdan oʻtmagan deb topilgan.
Bundan tashqari, 13 nafar yuridik xizmat xodimlari boʻyicha lavozimdan ozod etishga kelishish amalga oshirilgan.


    Huquqiy xizmatlar boʻlimi.

Рўйҳатга қайтиш