06.10.2022

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limining 2022-yilning 9 oyi davomida bajargan ishlari yuzasidan ma’lumot

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi (avvalgi – Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati intellektual mulk himoyasi markazi) tomonidan yuklatilgan vazifalar hamda topshiriqlar ijrosi yuzasidan qo‘yidagilar amalga oshirilganligi ma’lum qilinadi.
1. Kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning muomalasiga, shuningdek, intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi tizimli va samarali kurashishda bevosita ishtirok etish, xususan, ogohlantiruv va taqdimnomalar kiritish, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish:
- Intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash hamda kontrafakt mahsulotlar realizasiyasining oldini olish maqsadida viloyatdagi tuman (shahar)larda va bozorlar, savdo komplekslari va savdo do‘konlarida 24 ta profilaktik-kuzatuv tadbirlari va monitoring o‘tkazilgan hamda 3 turdagi 150 dan ziyod kontrafakt mahsulotlar katologi tadbirkorlik sub’ektlariga tarqatilgan.
- Bo‘lim tomonidan profilaktik-kuzatuv tadbirlari va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish jarayonida 133 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, intellektual mulk sohasidagi qonunbuzilish holatlari va ularning oldini olish maqsadida 28 ta ogohnoma, 120 ta taqdimnoma hamda 10 ta shaxsga nisbatan 16 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayoyonnomalar rasmiylashtirilib ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan va barcha rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzirlik to‘g‘risidagi bayonnomalar yuzasidan sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan jarima jazolari belgilangan.
2. Joylarda intellektual mulk ob’ektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bog‘liq faoliyatga ko‘maklashish.
Intellektual mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tizim orqali hududiy adliya organlaridan viloyatimizdagi 35 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga talabnoma topshirishga ko‘maklashilgan.
3. Jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish maqsadida intellektual mulk huquqlari bo‘yicha qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng ommaga yetkazish.
Bo‘lim tomonidan intellektual mulk sohasida 31 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 15 tasi OAV orqali, qolgan 16 tasi esa davra suhbatlari, seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa tarzda amalga oshirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda sohaga oid 23 ta ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilgan va 185 dan ziyod intellektual mulk sohasida ma’lumotlar joylashtirilgan.
Bundan tashqari “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali 32 ta hat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 30 tasi nazoratga olingan topshiriq shaklidagi hujjatlar. 25 tasi ijrosi ta’minlangan. 2 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan. 5 tasi hisob davrida qoldiq sifati o‘tgan.
Shuningdek tizim orqali hisobot davrida 10 ta shikoyat va ariza shaklidagi murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 8 tasi qanoatlantirilgan va 2 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan. Murojaatlar yuzasidan 5 nafar shaxslarga 6 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sudlarga chiqarilgan va barchasi bo‘yicha sud tomonidan jarima jazolari belgilangan.



Intellektual mulk huquqlarini
himoya qilish bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш