06.10.2022

QARSHI TUMAN ADLIYA: 2022-YIL 3-CHORAK SARHISOBI

Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 3-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 345 ta murojaatlarning (o‘tgan yildan 2 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) 345 tasi hal etilib, shundan 309 tasi yoki 89,6 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 89,6 foiz) qanoatlantirilgan, 36 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, qoldiqda 1 ta murojaatlar qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2022-yilning 3-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 58 ta MFYlardan 37 ta qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1 142 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 150 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 12 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 12 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2022-yilning 3-choragi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 7 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida 4 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 3-choragi davomida jami 8 ta o‘rganish va 58 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 425 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 16 963 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 831 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 270 ta taqdimnoma, 425 ta ogohnoma va 45 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan va 1 ta jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 90 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 270 ta taqdimnoma, 45 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 425 ta ogohnoma kiritildi, kiritilgan taqdimnomalar natijasida 2 408 ta qaror va boshqa turdagi hujjatlar bekor qilingan hamda qonunga muvofiqlashtirilgan.
Natijada 64 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (2 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 1 mlrd. 614 mln. 351,1 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 45 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 90 ta 390,1 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 3-choragi davomida jami 1 461 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 909 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 366 tasi og‘zaki, 186 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 366 tasi manzilli targ‘ibot va 118 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Qarshi tuman
adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш