06.10.2022

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi faoliyatidan...

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi faoliyatidan...

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, bo‘lim tomonidan 2022-yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 1342 ta murojaatning 1006 tasi hal etilib, shundan 350 tasi yoki 26 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 34.7 foiz) qanoatlantirilgan, 656 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Shundan, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 139 ta murojaatning 138 tasi hal etilib, shundan 65 tasi yoki 44.1 foizi qanoatlantirilgan, 77 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra qonun hujjatlari ijrosining buzilishi, uning sabablari hamda bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 53 ta taqdimnomalar kiritildi. Natijada 12 nafar xodim intizomiy javobgarlikka, 5 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi va fuqarolarga jami 1 544 680 600 so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida 140 ta da’vo arizalari kiritildi.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan 2022-yil o‘tgan davri davomida o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida jami 67 ta taqdimnoma va 12 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada 19 ta shaxs intizomiy jazoga tortildi.  Shu bilan birga, fuqarolar foydasiga 23 125 427 610 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 119 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan83 tasini ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 26 tasini og‘zaki, 10 tasini yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Biror bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi, chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi.

 

Inson huquqlarini himoya

qilish bo‘limi

 

 


Рўйҳатга қайтиш