06.10.2022

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi faoliyatidan...

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan aholini xabardor qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 9 oy davomida bo‘lim tomonidan 852 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Ulardan 71 marotaba og‘zaki, 781 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilgan.

Bo‘lim tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali tarzda foydalanilmoqda.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal va “facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savol-javoblar, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yoritilishi ta’minlandi.

Xususan, bo‘lim tomonidan, ijtimoiy tarmoqlar orqali:

– viktorina shaklida savol-javoblar(har kuni 10 tadan ortiq savol);

– so‘rovnomalar savol-javoblar (har chorakda 1 marotaba);

– postlar, videoroliklar, qisqa kontentlar, inforgafika va boshqalar orqali yoritilishi ta’minlandi.

Viloyat teleradiokompaniyasi va Qarshi shahar “Nasaf tv” bilan hamkorlikda “Savol bering, javob beramiz” rukni tashkil etilib, har haftada boshqarmada savol-javoblar tayyorlanib televideniye orqali yoritilmoqda.

Viloyat “Oltin voha” radioasida “Inson va qonun”, “Qonun va ijro” va boshqalar orqali haftada ikki marotaba eshittirishlar tayyorlanib, efirga o‘zatilmoqda.

Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan, “Prezident asarlari haqida” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Amalga oshirilayotgan targ‘ibot tadbirlarida (davra suhbati, semenar), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning asarlari xususan, “Buyuk kelajagimizni mard va oiliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” va “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” hamda boshqa asarlarining qisqacha mazmun-mohiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot berib kelinmoqda.

Bunda asosiy ko‘zlangan maqsad, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning “Islohot islohot uchun emas avvalo inson uchun” g‘oyasini keng targ‘ib qilish va tushuntirishdan iborat.

Shu bilan birga, “Adliya tafsiloti” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 1 oy davomida amalga oshirilgan eng muhim ishlar doirasida vedio lavha tayyorlanib, televedeniyeda uzatish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, adliya organlarining “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruxini qaror toptirish – demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir” degan konseptual g‘oyasini aholiga keng targ‘ib qilish hamda aholi o‘rtasida adliya organlarining o‘rni va rolini oshirishdan iborat.

Shuningdek, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Referendum o‘tkazish tartibi va huquqiy asoslari” mavzusida davlat organlari va tashkilotlarida bir qancha huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, joriy yilning iyul va avgust oyida bo‘lim xodimlari tomonidan, 20 dan ortiq joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib OAV va boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritildi.

Jumladan, joriy yilninng 15-avgust kuni Qamashi tuman tibbiyot birlashmasida konstitutsiyaga qo‘shimchalar kiritish va referendum o‘tkazish tartibi to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilninng 15-avgust kuni G‘uzor tuman xalq ta’lim bo‘limida, 12-avgust kuni Kasbi tumandagi Mug’lon mahallasida, 11-avgust kuni Shahrisabz tumanidagi Qiyomshayx mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida “Taqdiringizga befarq bo‘lmang”, “Konstitutsiyaviy islohotlar” mavzularida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi ta’minlandi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunchilini aholi hamda davlat tashkilotlari va idoralariga tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etildi.

Xususan, joriy yilning 17-avgust kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyat filiali hamkorlikda viloyatda mavjud 40 dan ortiq davlat tashkilotlarining 1000 nafardan ortiq xodimlarini qamrab olgan holda tashkilotlar kesimida O'zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan semenar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 20-avgust kuni viloyat adliya boshqarmasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyati filiali hamkorligida Qashqadaryo viloyat Davlat aktivlari boshqarmasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.                                                                                                                      

Bundan tashqari, Bo‘lim tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022 yil 16 maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi.

Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat va tuman (shahar) kesimida joriy yilning 30 may kuni shtatlar tuzildi.

“Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.

Dastur ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band bo‘lish, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha 1 300 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-avgustdagi 191-um-son “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jami 362 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Shundan 3 ta televedeneye, 4 radio, 4 gazeta 121 marotaba veb-sayt va 232 marotaba ijtimoiy tarmoqlarda targ’ibotlar tashkil etildi.

Jumladan boshqarma mas’ul xodimi J.Norovning Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida” Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan “O‘zbekiston24” radiosining “Axborot24” eshittirishida efirga uzatildi.

 

Huquqiy targ‘ibot va
ma’rifat bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш