06.10.2022

G‘uzor tuman adliya bo‘limining 2022 yil 9 oy yakunlarida amalga oshirgan ish faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 9 oy yakunlarida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yil 9 oyi yakunlarida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 490 ta murojaatlarning 482 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 98,3 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 463 tasi yoki 94,4 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 43 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 4 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq bo‘lib qolgan (75 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan   sayyor   qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022 yil 9 oyi yakunlarida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 37 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 874 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 62 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 53 tasi qanoatlantirilgan, 8 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 murojaat keyingi chorakda qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 11 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 11 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 6 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta qaror bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 8 ta o‘rganish va 48 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 158 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5053 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 865 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 214 ta taqdimnoma, 360 ta ogohnoma 47 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma va takliflar, 244 ta da’vo arizalari hamda kiritilgan taqdimnomalarga asosan 843 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish va boshqa xujjatlar bekor qilingan.

                                         Natijada

- 41 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 nafar egallab turgan davozimidan ozod qilingan va 1 337 834 900 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 44 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi ma’muriy bayonnoma va takliflar chorakdan qoldiq bo‘lib o‘tgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 244 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 1 676 204 700 so‘m manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.

Bo‘lim tomonidan o‘tgan davrda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 53 ta takliflar berilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yil 9 oyi yakunlarida jami 1583 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1153 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 372 tasi og‘zaki, 58 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 372 tasi manzilli targ‘ibot va 69 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

G‘uzor tuman

adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш