05.10.2022

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2022-yilning 9-oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqilishi yuzasidan U M U M L A SH T I R I SH

Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasiga koʻra, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarida “boshqarma” deb yuritiladi) va tuman (shahar) adliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarida “adliya boʻlimlari” deb yuritiladi) tomonidan 2022-yilning 9-oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan umumlashtirish oʻtkazildi.

         Umumlashtirish jarayonida quyidagilar aniqlandi.

         Boshqarma va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2022-yilning 9-oyligi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan jami 8 756 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 2 522 tasi yozma, 3 tasi elektron, 4 994 tasi ogʻzaki, 18 tasi veb-sayt orqali, 1 219 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan jami kelib tushgan murojaatlarning 608 tasi “Ishonch telefoni” orqali hisoblanadi.


Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida murojaatlar
2 390 taga (6 366 ta) yoki 37.5 foizga koʻpaygan boʻlib, koʻpayganligining asosiy sababi sifatida Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasining adliya boshqarmasiga qoʻshilishi hamda aholi tomonidan adliya organlariga boʻlgan ishonch ortayotganligini koʻrsatishimiz mumkin.

Kelib tushgan jami 8 756 ta murojaatlarning 3 273 tasi boshqarmaga,5 483 tasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari hissasiga toʻgʻri keladi.

 Boshqarma faoliyati boʻyicha:

Boshqarmaga kelib tushgan 3 273 ta (56 ta murojaat oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan, 608 tasi ishonch telefoni orqali, shundan 5 tasi oʻtgan yildan qoldiq) murojaatlarning 1 350 tasi Adliya vazirligidan kelib tushgan boʻlib, 2 739 tasi boshqarma apparatida koʻrib chiqilgan, 421 tasi tegishli idoralar va hokimiyatlarga yuborilgan, 14 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 155 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1 212 taga (2 061 ta) yoki 58.8 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.


Kelib tushgan jami murojaatlarining 1 342 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 766 tasi davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatinimuvofiqlashtirishga oid, 494 tasi inson resurslari sohasiga oid, 310 tasi notariat va advokaturaga oid, 207 tasi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga oid, 60 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 30 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilishga oid, 10 tasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasiga oid, 8 tasi davlat xizmatlari markazlari faoliyatini raqamlashtirishga oid hamda 46 tasi boshqa yoʻnalishda hisoblanadi.

Boshqarmaga 2022-yilning 9-oyligi davomida kelib tushgan murojaatlarning 1 388 tasi shikoyat, 1 882 tasi ariza va 3 tasi taklif shaklidagi murojaatlar hisoblanadi.

Boshqarmaga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyati boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 357 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 312 tasi davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid, 97 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 95 tasi notariatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 28 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 26 tasi yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 24 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 21 tasi nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatiga oid, 17 tasi kommunal toʻlovlar yuzasidan, 17 tasi taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.


Hisobot davrida kelib tushgan 3 273 ta murojaatlarning 2 739 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 896 tasi yoki 26.9 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 32.7 foizi) qanoatlantirilgan, 1 843 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 15 tasi joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, 21 tasi boʻyicha mutaxassis jalb etilgan), 421 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi boʻyicha yuborilgan, 14 tasi koʻrilmasdan qoldirilgan (yoki anonim), 155 tasi ish yurituvda qoldiq boʻlganligi sababli koʻrib chiqilmoqda (oʻtgan yildan 56 ta ariza-shikoyat va 5 ta “ishonch telefoni” boʻyicha qoldiq boʻlib oʻtgan).


Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 91 ta 1 mlrd. 225 mln. soʻmlik daʼvo arizasi, 65 ta taqdimnoma, 14 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 15 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan, 2 ta hujjat bekor qilingan, 11 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, taʼsir choralari natijasida 1 mlrd. 544 mln. soʻmlik soʻmdan ortiq mablagʻ undirilishi belgilangan.

Misol uchun, fuqaro L.Olimovaning MFYda ish oʻrni qisqarganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini, foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun pullik kompensatsiya toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Natijasiga koʻra, boshqarma tomonidan Qarshi shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga taqdimnoma kiritildi va fuqaro L.Olimovaga toʻlanmay qolgan 6 mln. 712 ming soʻmlik kompensatsiya pullari toʻlatib berildi.

Qashqadaryo viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi xodimlarining bayram pullari toʻlanmayotganligidan nozori boʻlib qilgan murojaatlari oʻrganib chiqildi.

Natijasiga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 9-bandi talablari buzilganligi aniqlanib,
36 nafar xodimning manfaatini koʻzlab, sudga arizalar kiritildi hamda sud tomonidan arizalar qanoatlantirilib, 600 mln. soʻmdan ortiq bayram pullarini undirish haqida sud buyruqlari chiqarildi.

Fuqaro J.Xoshimovaning intizomiy jazo qoʻllanilganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib koʻrildi va “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutiga taqdimnoma kiritildi.

Natijada, institut direktorining 2022-yil 25-maydagi 10-k-son buyrugʻi bekor qilindi va fuqaro J.Xoshimovaga 3 mln. 70 ming soʻm ish haqlari undirib berildi.

Qarshi shahar 1-oilaviy poliklinikasi xodimlari K.Karimova va S.Azimovalarning bola parvarishi taʼtilidan qaytganidan soʻng ishga tiklanmayotganliklaridan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida, fuqarolar bola parvarishi taʼtilidan qaytganidan soʻng poliklinika va shahar Tibbiyot birlashmasi rahbarlariga bir necha bor murojaat qilgan boʻlsalarda, Mehnat kodeksining 234-moddasiga zid ravishda oʻz ish joylariga tiklanmayotganligi aniqlandi.

Adliya boshqarmasi qonuniy aralashuvi bilan fuqarolar K.Karimova va S.Azimovalar oʻz ish joyiga qayta tiklandi.

Xuddi shuningdek, Qarshi shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimi S.Xolovaning roziligi olinmasdan boshqa lavozimga oʻtkazilganligidan noroziligi haqidagi murojaati oʻrganib koʻrilib, sudga daʼvo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan mazkur daʼvo arizasi koʻrib chiqilib, qanoatlantirildi hamda fuqaro S.Xolovani eski ish joyiga tiklash haqida hal qiluv qarori chiqarildi.

Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan hisobot davrida shaxsiy qabullar natijasida 50 ta hamda sayyor qabullar tashkil etilishida 140 ta, jami
190 ta murojaatlar qabul qilingan.

Boshqarma rahbariyati tomonidan 48 ta murojaat bevosita boshqarma maʼmuriy binoda shaxsiy qabul qilingan, 140 tasi sayyor qabulda, 2 tasi Xalq qabulxonalarida qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Shaxsiy va sayyor qabuldagi murojaatlarning 152 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 25 tasi davlat xizmatlarini koʻrsatilishga oid, 13 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid hisoblanadi. Qabul qilingan murojaatlarning 95 tasi qanoatlantirilgan, 95 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 4 tasi tegishligiga koʻra yuborilgan (4 tasi oʻtgan yildan qoldiq boʻlib oʻtgan).

Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning 1 219 tasi virtual qabulxona orqali yuborilgan boʻlib, 214 tasi qanoatlantirildi, 945 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 60 tasi oʻrganish jarayonida boʻlib turibdi.

Boshqarma tomonidan 2022-yilning 9-oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan boʻlib, muddat buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilmadi.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari faoliyati boʻyicha:

Boshqarma tizimidagi tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2022-yilning
9-oyligi davomida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, jami
5 483 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 3 509 tasi shikoyat, qolgan 1 974 tasi ariza shaklida hisoblanadi.

Adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1 178 taga (4 305 ta) yoki 27.4 foizga koʻpayganligini koʻrishimiz mumkin.


Kelib tushgan 5 483 ta (oʻtgan yildan 23 ta murojaat qoldiq boʻlib oʻtgan) murojaatlarning 5 264 tasi hal etilgan boʻlib, hal etilgan murojaatlarning 4 261 tasi qanoatlantirilgan yoki 77,4 foizi (hal etilgan murojaatga nisbatan 81 foizi) qanoatlantirilgan, 1 003 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 11 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 77 tasi tegishligiga koʻra boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 154 tasi qoldiq boʻlib qolgan.


Murojaatlarni natijasi boʻyicha ulushlarga (foiz koʻrinishida) boʻlganda quyidagicha koʻrinadi:


Murojaatlarni tuman (shahar) adliya boʻlimlari kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, eng koʻp murojaatlar Kitob tumaniga 547 ta, Gʻuzor tumaniga 490 ta, Shahrisabz tumaniga 457 ta, Nishon tumaniga 421 ta, Yakkabogʻ tumaniga 415 ta kelib tushgan boʻlsa, nisbatan kamroq Kasbi tumaniga 316 ta, Shahrisabz shahriga 274 ta, Mirishkor tumaniga 254 ta, Koson tumaniga 212 ta, Muborak tumaniga 195 ta, Koʻkdala tumaniga 60 ta ariza-shikoyatlar kelib tushgan.


Qanoatlantirilgan murojaatlar boʻyicha 150 ta taqdimnoma, 1 657 ta 12 mlrd. 913 mln. soʻmlik daʼvo arizasi, 14 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha taklif kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 10 nafar shaxsga nisbatan intizomiy va 15 nafar shaxsga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan, 19 ta hujjat bekor qilingan, taʼsir choralari natijasida 13 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar undirilishi belgilangan.

Adliya boʻlimlari tomonidan 2022-yilning 9-oyligi davomida boshqarma masʼul xodimlari bilan birgalikda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan. Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1 808 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilgan.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga hisobot davrida kelib tushgan shikoyatlarning hususiyat boʻyicha koʻrib chiqilganda, eng koʻp murojaatlar 2 328 tasi mehnat nizolari yuzasidan, 223 tasi ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yuzasidan, 131 tasi taʼlimga doir, 73 tasi yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 16 tasi kommunal toʻlovlar yuzasidan, 14 tasi soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan, 13 tasi uy-joyga doir qonunlar yuzasidan hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.


Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, boshqarma tomonidan 2022-yilning

9-oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirish natijalariga koʻra quyidagi xulosa kelindi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga va muddatlariga qatʼiy rioya etish hamda murojaat natijasi boʻyicha kiritilgan taʼsir choralari va ijrosini “av.ijro.uz” dasturiga muntazam kiritib borish;

2. Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, jumladan, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilinayotgan murojaatlarga zamin yaratmaslik, muomala madaniyatiga rioya qilish, qonun doirasida huquqiy yordam koʻrsatib borsin;

3. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning muammoli masalalarini hal qilib, huquqiy tomonlama koʻmak berish, eng koʻp murojaatlar tushayotgan masalalar boʻyicha tahlillar oʻtkazib borish;

4. Murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish, uzoq hududlardagi aholining muammoli masalalarini koʻtarish va yechimini topish, qanoatlantirish darajasini oshirish, tegishligiga koʻra murojaatlarni kamroq yuborib, ularni imkon qadar koʻrib chiqish, murojaat natijasida aniqlangan holatlar boʻyicha taʼsir choralarini qoʻllash lozim boʻladi.

 

Rejalashtirish va samaradorlikni

baholash boʻlimi




Рўйҳатга қайтиш