06.10.2022

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 316 ta murojaatlarning 315 tasi hal etilib, shundan 278 tasi qanoatlantirilgan, 37 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan.
Kelib tushgan 316 ta murojaatlarning barchasi inson huquqlarini himoya qilishga oid hisoblanadi.
Bo‘limga 2022 ilning 9-oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 171 tasi ariza, 145 tasi shikoyat tarzida qabul qilindi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 14 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 14 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 7 ta taqdimnoma kiritilganib, 2 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.
O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha.
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 9 ta o‘rganish va 53 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 155 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 8113 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 246 ta taqdimnoma, 43 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 501 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 74 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 1 020 432,0 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 43 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 107 ta 2 086 782,0 so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1 376 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 818 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 405 tasi og‘zaki, 153 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Kasbi tuman
adliya bo‘limi 



Рўйҳатга қайтиш