06.10.2022

Kitob tuman adliya boʻlimining 2022 yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya boʻlimlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning koʻrib chiqilishi boʻyicha

Boʻlim tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 547 ta murojaatlarning 535 tasi hal etilgan boʻlib, shundan 410 ta yoki 76 foizi qanoatlantirilgan, 125 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 94 ta joyiga chiqib oʻrganilgan).

Oʻtkazilgan sayyor qabullar

Boʻlim tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 41 ta MFYlarda sayyor qabullar oʻtkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
Oʻtkazilgan sayyor qabullar jarayonida 460 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 52 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 44 tasi qanoatlantirilgan va 8 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
14 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, shundan
14 tasiga rozilik vizasi qoʻyildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha 3 ta taqdimnoma kiritildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralari boʻyicha

Boʻlim tomonidan hisobot davrida jami 8 ta oʻrganish va 61 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganish davomida 199 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu oʻrganishlar natijasida 4806 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 235 ta taqdimnoma, 460 ta ogohnoma, 27 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy takliflar kiritildi.

Natijada

- 35 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 1 mlrd.dan ortiq soʻm pul mablagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 660 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 239 ta daʼvo ariza va arizalar kiritilib toʻliq qanoatlantirilgan, 946 mln. soʻm manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida jami 1190 ta huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 763 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 387 tasi ogʻzaki, 40 tasi yozma va koʻrgazmali huquqiy targʻibot, 387 tasi manzilli targʻibot tadbirlaridan iboratdir.

Kitob tuman
adliya boʻlimi


Рўйҳатга қайтиш