21.07.2022

Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha M A’ L U M O T N O M A

        O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 aprel kunidagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-sonli Farmonining 6-bandida “tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari har chorakda tegishlicha tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axborot taqdim etadi” degan rahbariy ko‘rsatmalardan kelib chiqqan holda, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 6 oyi davomida Shahrisabz shahrida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati o‘rganildi.

        O'zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 2000 yil 14 dekabrdagi Qonuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021 yil 18 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3333-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga asosan “mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi va normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan oldin loyihani tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim qilishi shart. Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati xodimi loyihalarni tegishli hududiy adliya organiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritilishini ta’minlaydi” deb belgilangan.

       2022 yil 6 oy mobaynida Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2 ta normativ tusdagi Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining “2022 yilda Shahrisabz shahar uchun yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning yer solig‘ining aniq miqdorlarini belgilash to‘g‘risidagi Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 2022 yil 6 yanvardagi VI-54-1-4-209-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi” qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va ijobiy xulosalar berildi.

       Yuqoridagilar bilan bir vaqtda Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 88 ta tashkilotlarda tahlil va monitoringlar o‘tkazilib, 2367 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va ushbu qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 177 ta taqdimnomalar kiritilgan. Ushbu kiritilgan taqdimnomalarga asosan 428.142.000 so‘mlik ish haqi va shunga tenglashtirilgan mablag‘lar undirilgan.
Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 6 oyi davomida 5 ta marotaba o‘rganishlar o‘tkazilgan.

        Xususan, Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan Shahrisabz shahar davlat soliq inspeksiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 26 fevraldagi 28-um-son buyrugʻi va Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2022 yil 28 fevraldagi 52-um-son buyrugʻi asosida Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi boʻyicha o‘rganish o‘tkazilib aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ta’sir choralari (taqdimnoma) kiritilishi ta’minlandi.

         Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish va monitoringlar natijasida joriy yilning 6 oyi davomida jami 2367 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va aniqlangan qonun buzilishi hamda ularga ko‘maklashuvchi shart sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan 414 ta (taqdimnoma, ma’muriy taklif va bayonnomalar hamda ogohnomalar) kabi tegishli ta’sir choralari qo‘llanilgan.

         Shuningdek, adliya bo‘limiga 2022 yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 227 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 169 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 50 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan hamda murojaatlarning 1 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan. Hisobot davrida 7 ta murojaatlar qoldiqda qolib o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

         Bo‘lim tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga va Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudiga jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab 74 ta 392.850.000 so‘mlik ish haqlariga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish yuzasidan da’vo arizalar kiritilgan, 11 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar va takliflar Jinoyat ishlar bo‘yicha Shahrisabz shahar sudiga va Shahrisabz shahar Aholi bandligiga ko‘maklashuvchi markaziga ma’muriy qaror qabul qilish uchun hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishincha vakolatli idoralarga yuborilgan.
Bulardan tashqari, joriy yilning 6 oyi davomida bo‘lim tomonidan 226 ta qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik xususida ogohnomalar berilgan bo‘lsa, qonunbuzilishlarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan 177 ta taqdimnomalar kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 2 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Shular bilan bir qatorda bo‘limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan.

         Jumladan, joriy yilning 6 oyi davomida bo‘lim tomonidan jami 1146 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, shundan 835 tasi OAV orqali, 235 tasi og‘zaki, 48 tasi ko‘rgazmali tartibda o‘tkazilgan.
Targ‘ibot tadbirlari mahallalarda 75 marotaba, ta’lim muassasalarida 60 marotaba, mehnat jamoalarida 49 marotaba, boshqa joylarda 51 marotaba o‘tkazilib, o‘tkazilgan tadbirlarda 4710 nafar tinglovchilar ishtiroki ta’minlangan.

         Mazkur o‘tkazilib kelinayotgan targ‘ibotlarning aksariyati yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, shu bilan bir qatorda inson huquqlariga oid (xotin-qizlar huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari), diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga oid, korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid va boshqa dolzarb masalalarga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

         Kelgusida yuqorida ko‘rsatilgan barcha sohalarda tadbirlar davom ettirilayotganligini ma’lum qilaman.


Shahrisabz shahar adliya bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш