15.07.2022

Kitob tuman adliya bo‘limining 2022 yil 1-yarim yillik davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan MA"LUMOTNOMA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-yarim yillik davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib  tushgan  murojaatlarning  ko‘rib  chiqilishi  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 421 ta murojaatlarning 406 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 311 ta yoki 76,6 foizi qanoatlantirilgan, 95 ta huquqiy tushuntirish berilgan (murojaatlarni hal etishda 62 ta joyiga chiqib o‘rganilgan).

O‘tkazilgan   sayyor    qabullar

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 29 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 310 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 35 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 32 tasi qanoatlantirilgan va 3 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.

Qonun  hujjatlarini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish  bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 10 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 10 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 2 ta taqdimnoma kiritildi.

O‘tkazilgan  o‘rganishlar  va  qo‘llanilgan  ta’sir  choralari  bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 45 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 147 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 3290 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 183 ta taqdimnoma, 430 ta ogohnoma, 26 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy takliflar kiritildi.

Natijada

- 25 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 708,5 mln. so‘m pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

- 641 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan xujjatlar bekor qilingan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 91 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 112,7 mln. so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.

Amalga  oshirilgan  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlari  bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida jami 864 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 599 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 239 tasi og‘zaki, 26 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 239 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Kitob tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш