08.07.2022

MUBORAK TUMAN ADLIYА: 2022-YIL 2-CHORAK SARHISOBI

Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 2-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 2-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 157 ta murojaatning 53 tasi hal etilib, shundan 128 tasi qanoatlantirilgan, 27 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan,
2 ta ijroda qolgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi
4 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
1 tasi (1 tasi tuman Xalq deputatlari kengashi, 3 таси туман ҳокимининг qaror loyihasi)ga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 7 ta taqdimnoma kiritilib,             
6 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan ҳамда 1 та норматив-ҳуқуқий тусдаги qarorlar hamda ularning bandlari bekor qilindi.

 

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 2-choragi davomida jami
5 ta o‘rganishlar va 43 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 212 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 2126 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 444 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 121 ta taqdimnoma, 202 ta ogohnoma va 14 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 107 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 35 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 7 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilingan, 167.490.800 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 11 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
107 ta 790 437 600 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, шундан 106 та 783 072 100 сўмлик суд аризалари qanoatlantirilgan бўлса, 1 таси ижрода турибди.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 2-chorak jami 924 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 809 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 102 tasi og‘zaki, 13 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot,

102 tasi manzilli targ‘ibot va 13 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

 

 

Muborak tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш