08.07.2022

MIRISHKOR TUMAN ADLIYA BO‘LIMI: 2022 YIL II CHORAK SARHISOBI

Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil II chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022 yilning II choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 205 ta murojaatlarning 189 tasi hal etilib, shundan 130 tasi yoki 68.8 foizi qanoatlantirilgan, 56 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi tegishligi bo‘yicha yuborilgan, 16 ta murojaat hisobot davrida qoldiqda qolgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 9 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
9 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 8 ta taqdimnoma kiritilganib, 4 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 37 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 108 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 2 889 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 111 ta taqdimnoma, 19 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 319 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 21 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 213 mln. 333 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 16 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga
88 ta 461,5 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 947 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 707 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 173 tasi og‘zaki, 67 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 


Рўйҳатга қайтиш