08.07.2022

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 175 ta murojaatning 173 tasi hal etilib, shundan 138 tasi yoki 79.7 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 taga oshgan.

Qanoatlantirilgan murojaatlar bo‘yicha sudlarga jami 451 mln 889 ming so‘mlik 54 ta da’vo arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan barcha da’vo ariza va arizalar ko‘rib chiqilgan va qanoatlantirilgan.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida davlat notarial idoralari notariuslari bilan birgalikda tumandagi 21 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 850 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 83 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha jami 349 ta qonunuzilishi holatlari aniqlanib, 52 ta taqdimnoma kiritildi va 80 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilishini ta’minlandi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha:

 Bo‘lim tomonidan joriy yilning 6 oyida jami 148 tashkilotlarda 5 ta o‘rganish va 95 ta monitoringlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar natijasida jami 1939 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyida jami 623 ta ta’sir choralari ko‘llanilgan bo‘lib, shundan, 347 ta ogohnoma, 13 ta ma’muriy, 93 ta da’vo ariza, 170 ta taqdimnoma kiritilgan. Shu bilan birga kiritilgan taqdimnomalarga asosan 17 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.


Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida jami 877 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 330 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 432 tasi og‘zaki, 96 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 432 tasi manzilli targ‘ibot va 98 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha

        

Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 6 ta takliflar berildi.

 

Koson tuman adliya bo‘limi 


Рўйҳатга қайтиш