08.07.2022

DEHQONOBOD TUMAN ADLIYA: 2022-YIL 2-CHORAK SARHISOBI

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 2-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 2-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 300 ta murojaatning 286 tasi hal etilib, shundan 261 tasi yoki 87,0 foizi qanoatlantirilgan, 25 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 9 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 6 tasi qoldiq bo‘lib qolgan.

Adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 2-chorak davomida boshqarma bilan birgalikda tumandagi 23 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 686 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 107 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 8 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 8 tasi
(4 tasi Xalq deputatlari tuman Kengashi loyihalari va 4 tasi tuman hokimi qarori loyihalari) barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilingan qarorlari va farmoyishlari monitoring asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarori bandi hamda 1 ta normativ-huquqiy tusdagi qarori bekor qilindi.

Shuningdek, tumandagi 8 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ustavlaridagi tegishli bandlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan holda davlat xizmatlaridan qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 2-choragi davomida jami 5 ta o‘rganish va 54 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 167 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 4088 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 719 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 155 ta taqdimnoma, 426 ta ogohnoma va 21 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif (bayonnoma)lar va 117 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 26 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 2 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari,
8 ta tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining nizomlari, 45 ta MFY nizomlari, 33 ta tuman irrigatsiya bo‘limi shartnomalar hamda 1 ta tuman tibbiyot birlashmasi shartnomasi bekor qilinib qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan,
524 173 600 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 18 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida
117 ta 555 988 900 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan 117 ta 555 988 900 sud buyrug‘i sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 2-choragi davomida jami 1004 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 827 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 146 tasi og‘zaki, 31 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.


Рўйҳатга қайтиш