08.07.2022

G‘uzor tuman adliya bo‘limining 2022 yil 1-yarim yillik yakunlarida amalga oshirgan ish faoliyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil 1-yarim yillik yakunlarida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-yarim yillik yakunlarida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 379 ta murojaatlarning 372 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 98,2 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 348 tasi yoki 93,5 foizi qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 24 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 5 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq bo‘lib qolgan (34 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan).

 

O‘tkazilgan sayyor qabullar

 Bo‘lim tomonidan 2022 yil 1-yarim yillik yakunlarida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 25 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 585 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 44 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 39 tasi qanoatlantirilgan, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 murojaat keyingi chorakda qoldiq bo‘lib o‘tgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi

7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
7 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 3 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta qaror bekor qilinib, qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

 Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 5 ta o‘rganish va 43 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 133 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 3971ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 175 ta taqdimnoma, 328 ta ogohnoma 41 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.

 

                                     

Natijada

- 25 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 790 154 700 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

 

- 823 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish va boshqa xujjatlar bekor qilingan.

 

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 40 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 185 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 1 379 760 000 so‘m manfaatdor shaxslar foydasiga undirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2022 yil 1-yarim yillik yakunlarida jami 1095 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 821 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 236 tasi og‘zaki, 38 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 236 tasi manzilli targ‘ibot va 47 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

 

G‘uzor tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i 


Рўйҳатга қайтиш