08.07.2022

Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 2022-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning II choragi davomida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davri yakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami
570 tani tashkil etib, shundan 371 tasi yuridik shaxs maqomiga ega,
199 tasi esa nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan alohida bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy tashkilotlar soni 187 ta bo‘lib, shundan 185 tasi islomiy, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.

Bo‘limga ushbu davr mobaynida 1 126 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 90 tasi nazoratga olingan, 1 036 tasi esa ma’lumot sifatida qabul qilingan. 14 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. Nazoratga olingan xat va hujjatlarning 88 tasi o‘z vaqtida ijro etilgan, 6 tasi esa hisobot davri yakunida qoldiqda qolgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan 8 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan, 17 ta nodavlat notijorat tashkilotlari esa qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shuningdek, 1 ta doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Hisobot davri davomida bo‘limga 44 ta murojaat (20 ta ariza,
24 ta shikoyat) kelib tushgan bo‘lib, shulardan 10 tasi qanoatlantirilgan, 30 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 ta murojaat mazmunan ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 1 ta murojjat qoldiq qolgan.

Bo‘lim tomonidan jami 248 ta taqdimnoma, 94 ta ogohnoma, 66 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan. Natijada 52 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka, 223 ta shaxs O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Hisobot davri davomida bo‘lim tomonidan 106 ta monitoring, 46 ta o‘rganishlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan monitoringlar natijalariga ko‘ra, jami 658 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, mazkur qonunbuzilish holatlarining oldini olish va kelgusida takroran sodir etmaslik maqsadida 48 ta taqdimnoma kiritilgan.

Bo‘lim tomonidan 3 marotaba tuman (shahar) lar miqyosida nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillarini sayyor qabuli tashkil etilgan. Sayyor qabullarda ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, tashkilotlarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilgan.

Bo‘lim tomonidan ushbu davr mobaynida jami 80 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 7 marotaba televideniyeda, 10 marotaba radioda, 11 marotaba gazetada, 21 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilingan. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda 10 marotaba ma’ruza, 11 marotaba davra suhbati hamda 9 marotaba seminarlar tashkil etilgan, 1 ta ko‘rgazmali qo‘llanma tayorlanib, 120 dan ortiq tashkilotlarga elektron ko‘rinishda yetkazib berilgan.

 

Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi 

boshlig‘i A. Xudayberdiyev


Рўйҳатга қайтиш