08.07.2022

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2022 yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlari haqida MA'LUMOT

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 6 oy davomida jami  451827 ta xizmat ko‘rsatilganligi, shundan, 402108 tasi shaxsan o‘zi tomonidan so‘rovnoma yuborilgan bo‘lsa, 49719 tasi internet orqali amalga oshirilgan, 36426 ta so‘rovnomalarga vakolatli tashkilotlar tomonidan rad javobi berilgan.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2022 yil 6 oyi davomida jami 27879 ta tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shundan, 24446 ta shaxsan o‘zi, 3433 ta internet orqali amalga oshirilgan (5467 yuridik shaxslar, 18957 ta yuridik shaxs bo‘lmagan tashkilotlar).

Shuningdek, 5945 ta tadbirkorlik sub'ektlari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shundan 5776 tasi shaxsan o‘zi, 169 tasi internet orqali qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 6 oy davomida jami  9 ta xorijiy korxonalar tashkil etilgan bo‘lsa, 13 tasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali 2022 yil 6 oy davomida jami  895 ta yuridik shaxslar davlat reestridan chiqarilgan bo‘lsa, 213 ta yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'ektlari davlat ro‘yxatidan chiqarilgan.

Eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlar:
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun elektron raqamli imzo olish bo‘yicha jami  135048 ta so‘rovnoma yuborilgan.

Bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish bo‘yicha jami 62802 ta so‘rovnoma yuborilgan.

Qarshi shahar va Shahrisabz tuman davlat xizmatlari markazlari orqali jami 18966 ta yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan.
 Shundan Qarshi shahar DXM 9800 ta, Shahrisabz tuman DXM 9166 ta davlat xizmati ko‘rsatgan.

Qarshi shahar va Shahrisabz tuman davlat xizmatlari markazlari orqali jami 5633 ta horijga chiqish pasportiga ariza yuborilganligi, shundan Qarshi shahar DXM 2447 ta, Shahrisabz tuman DXM 3186 ta so‘rovnoma yuborgan.

Рўйҳатга қайтиш