08.07.2022

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2022-yil 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T

Qashqadaryo viloyat FHDY bo‘limlari tomonidan 2022-yil 6-oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

 

1.     Tug‘ilishni qayd etish yuzasidan.

 

Joriy yilning 6 oyi davomida tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan 42 842 ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan 22 402 tasi o‘g‘il bolalar,
20 440 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.

Shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishining muddatini o‘tkazib qayd etish holatlari 691 ta, 16 yoshdan oshgan shaxsning tug‘ilishini qayd etish 101 ta, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilishini qayd etish 12 ta, o‘lik tug‘ilgan 370 ta, perinatal o‘lim holatlari 223 ta, yolg‘iz onadan tug‘ilganlar 884 tani tashkil etadi.

 

2.     Nikohni qayd etish yuzasidan.

 

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 10 817 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, shundan 256 ta nikohlar sayyor ravishda tantanali qayd etilgan, 3 tasi chet elliklar bilan, 21 tasi
MDH davlatlari fuqarolari bilan, 54 tasi fuqaroligi yo‘q shaxslar bilan nikoh qayd etilgan bo‘lib, 1 ta holatda qayd etilgan nikoh haqiqiy emas deb topilgan.

 

3.     Nikohdan ajralganlikni qayd etish yuzasidan.

 

Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan jami 2 019 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan bo‘lib, shundan voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlarni ularning o‘zaro roziligiga ko‘ra FHDYo organida 435 ta, er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan 1574 ta, er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan 3 ta, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxs bilan 1 ta, sud tomonidan ruhiyati buzilishi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan 2 ta, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan 4 ta hamda 1 209 ta qo‘shimcha asosda nikohdan ajralishni qayd etish amalga oshirilgan.

 

 

4.     O‘limni qayd etish yuzasidan.

 

Joriy yilning 6 oyi davomida 9 302 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, bir yoshgacha o‘lganlar 742 ta, muddatini o‘tkazib o‘limi qayd etilganlar 2334 ta, sud qarori bilan 8 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

Shuningdek, 2 641 ta otalikni belgilash qayd etilgan bo‘lib, shundan sud qarori asosida 96 ta, farzandlikka olish 182 ta dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilgan.

 

Bundan tashqari, tiklangan dalolatnoma yozuvlari 35 ta, 1998 yil
1 sentyabrdan 2010 yil 15 sentyabrgacha bo‘lgan davrda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha tiklangan nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari soni 8 ta, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning
FIO o‘zgartirishlar soni 46 ta, 18 yoshdan oshgan fuqarolarning FIO o‘zgartirishlar soni 206 tani tashkil etadi.

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ariza asosida 875 ta, xulosa asosida 50 ta, sud qarori asosida 5 tadan iborat.

Minsk konvensiyasi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni 357 ta.


5.     Undirilgan to‘lovlar yuzasidan.

 Tuman (shahar) FHDY bo‘limi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida 1 795 157 990 so‘m davlat boji, 1 253 604 791 so‘m gerb yig‘imi

va 1 219 312 394 so‘m pullik xizmat undirilgan.


Davlat xizmatlari markazlari

va FHDY organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish boʻlimi


 


Рўйҳатга қайтиш