08.07.2022

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi bo‘limlari tomonidan 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.


Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 6 178 ta murojaatning 5 595 tasi hal etilib, shundan 3 860 tasi yoki 62,5 foizi qanoatlantirildi, 1 735 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 379 ta murojaatning 344 tasi hal etilib, shundan 148 tasi yoki 43 foizi qanoatlantirildi, 196 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 100 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha jami 116 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 94 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 12 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 464 ta takliflar ishlab chiqildi.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 144 ta o‘rganish va 872 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 2 900 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 60 779 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 3 035 ta taqdimnoma, 451 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 5 534 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 785 nafar shaxs intizomiy (shundan 6 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 380 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 8 186 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi hamda 33 ta qaror ijrosi to‘xtatildi, shuningdek, 10 mlrd. 319 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Hisobot davrida sudlarga 14 mlrd. 870 mln. so‘mlik 1 517 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, natijasiga ko‘ra 14 mlrd. 403 mln. so‘mlik 1 349 ta da’vo arizalari qanoatlantirildi.

 

Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘yicha

 Boshqarma tomonidan 2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra jami 570 ta nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 371 tasi davlat ro‘yxatiga, 199 tasi hisob ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek, 187 ta diniy tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 185 tasi islom diniga mansub bo‘lsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.


Advokatura sohasi bo‘yicha

 Boshqarma tomonidan 2022 yil 1 iyul holatida jami 387 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan bo‘lib, shundan 248 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 2 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar,

20 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 117 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.

 

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasi bo‘yicha

 Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami 451 827 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 402 108 tasi fuqarolarning shaxsan o‘zi orqali, 49 719 tasi internet orqali murojaat qilgan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan murojaatlarning 415 401 tasi hal etilgan va 36 426 tasi rad etilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan jami 19 066 ta, shundan 13 323 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 4 717 tasi og‘zaki, 1 026 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 1 569 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibotlar bo‘lsa, 4 176 tasi manzilli huquqiy targ‘ibotlar hisoblanadi.

 

Qashqadaryo viloyat

adliya boshqarmasi


Рўйҳатга қайтиш